Foto: Teznews
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi 8,4 mlrd soʻmga sayt yaratish boʻyicha shartnoma imzoladi.

Skrinshot
Shartnoma nusxasi Xarid.uzex.uz platformasiga joylashtirilgan.
Qayd etilishicha, 2022-yil 15-may kuni imzolangan shartnoma boʻyicha agentlik hech qanday tender oʻtkazmagan, pulni toʻgʻridan-toʻgʻri xizmat koʻrsatuvchiga oʻtkazib bergan.

Skrinshot
“Xizmat koʻrsatuvchi” tomon Realsoft MCHJ “Onlayn mahalla” elektron platformasini “Texnik topshiriqnoma” talablariga muvofiq ishlab chiqish, tomonidan davlat standartlari va normalarida belgilangan talablar asosida kafolatli texnik xizmat koʻrsatishi kerak.