
"Voyager 2" kosmik kemasidan olingan Neptun sayyorasining fotosurati. 1989-yil

Dunyodagi eng katta "Hubble" teleskopini ta'mirlash jarayonlari, 1993-yil 7-dekabr

1924-yilda Silent Pine daryosidan tutilgan beluga balig'i. Uning og'irligi 1227 kilogrammni tashkil qilib, mazkur ov Ginnes rekordlar kitobiga kiritilgan

XV asrda Ispaniyada qatlga mahkum qilinganlar uchun yaratilgan shahmat doskasi. Bunda mahkumlar shahmatning jonli figuralari vazifasini bajargan va o'yin vaqtida birma-bir qatl qilingan

1914-yilda urushga jalb qilingan yigit o'zining velosipedini daraxtga zanjirlab ketgan, biroq, o'zi urushdan qaytmagan. Daraxt esa zanjirlangan velosiped bilan o'sishda davom etgan

1930-yil AQShda bir ayolga tegajoqlik qilib so'ngra uni o'ldirganlarning qatl qilish marosimi

Ikkinchi Jahon urushi vaqtlarida vulqon otilishi vaqtida Vezuviy tog'i yonidan uchib o'tayotgan bombardimonchi samolyotlar. Mazkur vulqon yon atrofdagi qishloqlarni butunlay vayron qilgan va 57 kishi halok bo'lgan. 1944-yil

Toshkent shahrida joylashgan anhor qirg'og'idagi "Anhor" kafesi. 1988-yil

Ukrainaning amaldagi prezidenti Vladimir Zelenskiyning yoshlik vaqtlari. Taxminan 1999-yil

Nigeriyada o'tkazilgan Rojdestvo ziyofati jarayonlari. 1923-yil

Kanaan Banana 1980-yilda saylangan Zimbabvening birinchi prezidenti. U prezidentlikka saylanganidan ikki yil o'tgach fuqarolarga uning familiyasi ustidan hazil qilishni taqiqlovchi qonunni qabul qilgan

Vasiliy Ivanovich Alekseev - sakkiz karra Jahon va Yevropa chempioni, yetti marta SSSR chempioni bo'lgan. Shuningdek, u 79 marta Jahon, 81 marta SSSR rekordlarini yangilagan

Rio-de-Janeyroga yo'l olgan "Graf Zeppelin" havo kemasining parvoz vaqtida ta'mirlash jarayonlari. 1934-yil

Toshkent shahrida joylashgan "Zarafshon" restorani. 1970-yil