
1986-yil 26-aprelda sodir bo'lgan Chernobil halokati

1964-yilda Tokio Olimpiadasining ochilish marosimi

1989-yil 23-avgustda SSSRdan chiqish uchun ikki million litvalik, latviyalik va estoniyaliklar 675 kilometr uzunlikdagi inson zanjirida saf tortishgan

Dunyodagi eng birinchi McDonald's. U 1940-yilda Kaliforniyaning San-Bernardino shahrida ochilgan

Disney rassomlari "Bembi" multfilmi ustida ishlash jarayonlari. 1942-yil 14-iyun

Katta uchlikning so'nggi uchrashuvi. Stalin, Truman va Cherchill Germaniyada bo'lib o'tgan Potsdam konferensiyasida. 1945-yil

Yevropadagi eng uzun, eng semiz va eng kichkina odamlarning bir joyda jamlanib karta o'ynash jarayoni. 1913-yil

1672-yilda Xitoy imperatori uchun o'yinchoq sifatida yaratilgan bug'u aravasi avtomobilning birinchi protitipi hisoblanadi

1945-yilda Xirosimaga atom bombasi tushishi oqibatida sodir bo'lgan portlashdan omon qolgan bolakay

Jess Diksonning 40 ot kuchiga ega bo'lgan, tezligi soatiga 160 kmni tashkil qilgan uchar mashinasi. 1940-yil

Toshkent shahrining markazi uchun tasdiqdan o'tmagan loyiha ko'rinishi. 1938-yil

1959-yilda Shveysariyada o'tkazilgan Xokkey chempionati. Uchrashuv davomida baxtsiz hodisa sodir bo'lgani oqibatida o'yin oxiriga yetkazilmagan va voqea sodir bo'lgan vaqtgacha qaysi jamoaning qo'li baland kelgan bo'lsa shu jamoa g'olib deb topilgan

SSSRda shahmat o'yinini ommalashtirish maqsadida tashkil etilgan jonli figuralardan iborat shahmat o'yini. 1924-yil, Leningrad

Janubiy Afrikada pivo zavodini buzgan va unga o't qo'ygan ayollarning politsiya tomonidan kaltaklanishi. 1967-yil 17-aprel