Foto: Xalq so'zi
10-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Ukrainaning mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Nikolay Doroshenko bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, elchiga Ukraina Mudofaa vazirligi vakilining amaldagi sanksiya cheklovlarini chetlab oʻtib, ikki maqsadli mahsulotlar yetkazib berilgani haqida OAVda tarqalgan asossiz bayonoti munosabati bilan jiddiy xavotir bildirilgan.
Ukraina tomonidan OAVda Oʻzbekistonga oid notoʻgʻri maʼlumotlar tarqatilishiga yoʻl qoʻyilmasligi taʼkidlangan.
Shu bilan birga, Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Ukraina tomonining rasmiy soʻrovlari kelib tushgan taqdirda, ularni qiziqtirgan masalalarni oʻrganish va xolis maʼlumot berishga tayyorligi qayd etilgan.
Oʻz navbatida, Doroshenko Oʻzbekiston tomonining xavotirlari va uchrashuv natijalarini Ukraina Tashqi ishlar vazirligi rahbariyatiga zudlik bilan yetkazishini ishonch bilan bildirgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling