Foto: Prezident matbuot xizmati
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy haftada Samarqandga boradi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, prezident bugun, 22-avgust kuni tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazadi.
Shuningdek, AQSH Kongressi a'zolari Trent Kelli va Derin Laxudni qabul qilish rejalashtirilgan.
Shu bilan birga, davlat rahbari hafta davomida hududlarda amalga oshirilayotgan qurilish ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar bilan tanishish maqsadida Samarqand viloyatiga borishi kutilmoqda.
Bundan tashqari, prezident mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojiga bag'ishlangan qator yig‘ilishlar o‘tkazadi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling