Foto: Telegram
Ijtimoiy tarmoqlarda Transport boshqarmasi inspektorining kiyimida “Qashqqadaryo Respublikasi” yozuvi aks etgan suratlar tarqalib, jamoatchilikda keng muhokamalarga sabab boʻldi. Mazkur holat yuzasidan viloyat Transport boshqarmasi munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, ushbu holat tegishli ishchi guruhi tomonidan oʻrganilib, quyidagi xulosaga kelingan.
Transport vazirining 2021-yil 29-oktyabrdagi 208-sonli buyrugʻiga asosan, xizmat kiyimi boʻyicha qator tavsiflar tasdiqlangan boʻlib, boshqarma inspektori H.J. tomonidan mazkur talablardan biri qoʻpol ravishda buzilgan.
Shuni hisobga olgan holda mazkur inspektorga hamda oʻziga yuklatilgan vazifasiga sovuqqonlik bilan qaragan bir qator xodimlarga tegishli tartibda intizomiy choralar koʻrilgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling