Foto: Knews.kg
Braziliyada afsonaviy futbolchi Pelening vafoti munosabati bilan uch kunlik motam eʼlon qilindi. Bu haqda “Championat.com” xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, tegishli farmon mamlakat prezidenti tomonidan imzolangan. U 29-dekabr kunidan kuchga kirgan.
Uch karra Jahon chempioni 82 yoshli Pele 29-dekabr kuni ogʻir xastalikdan soʻng vafot etdi.
29-noyabr kuni Braziliya terma jamoasining sobiq futbolchisi salomatligi yomonlashgani sababli shifoxonaga yotqizilgan edi. U uzoq vaqt davomida saraton kasalligiga qarshi kurashdi.
Kasallik Peleda 2021-yilning kuzida aniqlangan, shundan soʻng 82 yoshli braziliyalik kimyoterapiyadan oʻtgan, biroq keyinchalik organizm bunga javob berishni toʻxtatgan. Shu munosabat bilan uning ahvoli asta-sekin yomonlasha boshladi va u tekshiruvlar va davolanish muddatini oʻzgartirish uchun kasalxonaga yotqizildi.
Pele oʻyinchi sifatida uch marta (1958, 1962 va 1970-yillarda) jahon chempionligini qoʻlga kiritgan tarixdagi yagona futbolchidir.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling