Foto: Turkmenportal
Turkmanistondagi Axal viloyatining yangi qurilayotgan maʼmuriy markazi respublikaning sobiq prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov sharafiga Arqadagʻ deb nomlandi. Bu haqda “Turkmenistan.ru” xabar bermoqda
Qayd etilishicha, tegishli qaror Turkmaniston hukumatining prezident Serdar Berdimuhamedov raisligida yangi shaharda jamoat va turar-joy binolarining birinchi bosqichi ochilishiga tayyorgarlik koʻrilayotgan sayyor yigʻilishida qabul qilingan.
Maʼlum qilinishicha, mazkur shaharning qurilishi 2019-yil aprel oyida boshlangan boʻlib, shahar ikki bosqichda qurilmoqda. Maʼlumotlarga koʻra, uning birinchi bosqichi 2022-yil dekabr oyida topshirilishi rejalashtirilgan.
Xabarga koʻra, qurilayotgan Arqadagʻ shahri aqlli shahar boʻladi. Unda elektrobuslar va elektromobillarning harakati tashkil etiladi, quyosh panellari va shamol generatorlari oʻrnatiladi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling