Foto: Teznews
Osiyo taraqqiyot banki Oʻzbekistonga ipoteka kreditlari va “yashil” moliyalashtirish uchun 150 mln dollar qarz berishini ma'lum qildi.
Xabarga ko'ra, ipoteka bozori sektorini rivojlantirish dasturi doirasidagi kredit Oʻzbekiston ipoteka kreditlarini qayta moliyalash kompaniyasini (OʻzMRM) uy-joy ipotekasi, uy-joylarni obodonlashtirish kreditlari va “yashil” moliyalashtirishga yordam beradi.
Oʻzbekistonda qarz oluvchilar yashil renovatsiya kreditlaridan isitish va sovitish tizimlarini yangilash yoki oʻrnatish, quyosh panellarini oʻrnatish, suv izolyatsiyasini yaxshilash – energiya samaradorligini oshirish uchun foydalanishi mumkin.
OTB koʻmagida OʻzMRM yashil renovatsiya uchun kredit vositalari toʻplamini ishlab chiqadi va joriy qiladi. Bu toʻplam yashil renovatsiya mahsulotlarining muvofiqligini baholash va energiyani tejash hisob-kitoblarini oʻz ichiga oladi.
OTB dasturiga koʻra, kreditlarning kamida 32,5 foizi ayollarga berilishi kerak. Kredit, shuningdek, Oʻzbekistonda bozorga asoslangan ipoteka moliyasini faollashtirish uchun moliyalashtirish mexanizmlarini ragʻbatlantiradi, uy-joy ipoteka mahsulotlari, shu jumladan yashil moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytiradi va bank sektoriga mahsulot innovatsiyalarini olib keladi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling