Mahallabay ishlash agentligi shubhali tenderlar ustidan tekshiruvlar o'tkazadi

Subsidiya hisobidan amalga oshirilayotgan davlat xaridlarini toʻgʻri oʻtkazilishi yuzasidan nazorat tadbirlarini oʻtkazish rejalashtirilmoqda

Foto: Tez News<br>

Foto: Tez News

Ijtimoiy tarmoqlarda “Mahallabay agentligida yangi oʻyinlar. Tenderlarni 1–4 kunlik MCHJlar yutmoqda” sarlavhasi ostida turli xabarlar tarqaldi. Mahallabay ishlash agentligi mazkur xabarlar yuzasidan munosabat bildirdi.

Maʼlum qilinishicha, tadbirkorlik va oʻzini oʻzi band qilish faoliyatini boshlamoqchi boʻlgan ishsiz, shu jumladan, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga faoliyatini boshlash uchun kerak boʻlgan asbob-uskuna, mehnat qurollarini xarid qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-maydagi 252-sonli qaroriga asosan Elektron davlat xaridlari portali orqali amalga oshirilishi belgilangan.

Hozirda Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi mutaxassislari tomonidan Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi xodimlari bilan hamkorlikda agentlikning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan ushbu davlat xaridlarini amalga oshirishda “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi qonuni hamda yuqorida koʻrsatilgan Vazirlar Mahkamasining qarori talablariga rioya etilishi yuzasidan oʻrganish oʻtkazilmoqda.

Shuningdek, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining hududiy boshqarmalarida subsidiya hisobidan amalga oshirilayotgan davlat xaridlarini toʻgʻri oʻtkazilishi yuzasidan nazorat tadbirlarini oʻtkazish rejalashtirilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling