Foto: UzReport.news
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati IIBB JXX YHXB xodimlarining ayrimlari 3 oydan buyon oylik maoshini olmagani bilan bogʻliq xabar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, mazkur holat shaxsan Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari Jamoat xavfsizligi departamenti boshligʻi hamda YHXX boshliqlarining nazoratiga olingan.
Xabarga koʻra, kechiktirilgan maoshlar bugunning oʻzida xodimlarga toʻlab berilishi taʼminlanadi.
Shuningdek, oylik maosh toʻlanishi boʻyicha vazifalarni bajaruvchi xodimlar tomonidan sustkashlikka yoʻl qoʻyilganligi yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling