"Ruhsora Em" unga qo'ng'iroq qilayotgan obunachilarni tanqid qildi

Uning aytishicha, bir yigit ataylab uni masxara qilish uchun unga telefon qilmoqda

Foto: Instagram<br>

Foto: Instagram

Instagramʼda “Ruhsora Em” taxallusi ostida ijod qiluvchi Instabloger yaqin vaqtlar ichida oʻzi bilan sodir boʻlayotgan gʻalati voqealar bilan oʻrtoqlashdi. Uning maʼlum qilishicha, blogerga nomaʼlum raqamlardan qoʻngʻiroqlar boʻlmoqda.

Uning soʻzlariga koʻra, bir yigit ataylab uni masxara qilish uchun bu ishni qilmoqda.

“Balki uning boʻsh vaqti koʻpdir, chunki u menga juda koʻp telefon qiladi va 7 soniya davomida bemaʼni gaplarni gapiradi”, — deydi bloger.

Shuningdek, bloger unga telefon qilayotgan raqamlarni maʼlum qildi va bu ishni ataylab qilganini, bu kabi insonlar mana shunday ishga loyiq ekanini taʼkidlagan.

Shu bilan birga, Ruhsora hech qachon oʻzini hafa qilishlariga yoʻl qoʻymasligini, lekin mana shunday damlarda uni himoya qilishi uchun ukasi boʻlishini xohlashini aytib oʻtgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling