Videodan lavha
Farg‘ona viloyatida telefon o‘g‘irlashda gumon qilinayotgan fuqaro profilaktika inspektoriga pichoq bilan hujum qilib, mashinasining oynasini sindirdi, deb xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 27-oktabr kuni Qo‘qon shahrida yashovchi fuqaro IIBga farzandining telefoni o‘g‘irlangani haqida ariza bilan murojaat qilgan. Shundan so'ng, viloyat inspektori telefonni o‘g‘irlagan gumonlanuvchi bilan uchrashgan.
Suhbat davomida gumonlanuvchi IIB xodimiga pichoq bilan tashlanib, u o'tirgan mashinaning old oynasini tepib sindirgan. Hodisa natijasida xodimning yuziga tan jarohati yetgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling