Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida “Avtomobil taqiqini tekshirish uchun ariza yuborish” yangi davlat xizmati ishga tushirildi.
Ushbu xizmat yordamida yuridik va jismoniy shaxslar har qanday taqiq yoki cheklovlar mavjudligini tekshirishlari mumkin.
Screenshot
Shuningdek, ushbu xizmat orqali sud, ichki ishlar organlari, soliq va bojxona organlari, Majburiy ijro byurosi, notarial idoralar tomonidan qarzdorlik, kredit majburiyatlari, ijro hujjatlari va boshqa holatlar yuzasidan belgilangan taqiqlarni aniqlash mumkin.
Qayd etilishicha, transport vositasi uni tekshirmoqchi boʻlgan shaxsga tegishli boʻlishi kerak. Umumiy ishonchnoma yoki ishonchnoma asosida transport vositalarini boshqarayotgan shaxslar xizmatdan foydalana olmaydi.
Xizmat bepul va javob bir zumda taqdim etiladi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling