Foto: Videodan lavha
13-noyabr kuni Turkiyaning Istanbul shahri Beyogʻlu Istiqlol koʻchasida portlash sodir boʻldi.Bu haqda Yeni Safak nashri xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, voqea joyiga koʻplab politsiya, oʻt oʻchiruvchilar va tibbiy guruhlar yuborilgan.

Foto: CNN
Qayd etilishicha, shahar bosh prokuraturasi mazkur hodisani terakt deb baholagan.
Maʼlumotlarga koʻra, portlash sayyohlar bilan gavjum boʻlgan va Rossiya bosh konsulligi binosi joylashgan koʻchada sodir boʻlgan.

Foto: Reuters
Xabarga koʻra, hodisaga terrorchi oʻzini portlatib yuborgani sabab boʻlgan i taxmin qilinmoqda.
Maʼlumotlarga koʻra, hodisa oqibatida 53 kishi yaralangan 6 kishi halok boʻlgan.
Taʼkidlanishicha, Turkiya huquq-tartibot idoralari hozirda halok boʻlganlar va yaradorlarning millati haqida maʼlumotga ega emas.
Shuningdek, Turkiya hukumati portlash haqidagi xabarlarni chop etish, voqea joyidan translyatsiya qilishni vaqtinchalik taqiqlagan.

Foto: Reuters