Foto: Videodan lavha
Qashqadaryo viloyatining oson tumanida “Gaz-53” yuk mashinasi va Spark avtomobili ishtirokida YTH sodir boʻldi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, voqea 19-dekabr kuni taxminan soat 07:15 larda “Gʻuzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” avtomobil yoʻlining 73 kmda sodir boʻlgan. Unga koʻra, “Qarshi-Koson” yoʻnalishi boʻylab harakatlanib ketayotgan “Spark” mashinasi haydovchisi huddi shu yoʻnalishda oldinda harakatlanib borayotgan “GAZ-53” rusumli avtomobil bilan YTH sodir etgan.
Hodisa oqibatida, “Spark” rusumli avtomashinasi haydovchisi olgan ogʻir tan jarhati bois voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, shu mashinada yoʻlovchi sifatida ketayotgan fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga olib borilgan. Lekin koʻrsatilgan tibbiy yordamlarga qaramay shifoxonada vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling