Foto: Prokuratura Departamenti
Surxondaryo viloyati Angor tumanida sobiq rahbar xizmat mashinasini 15,5 mln soʻmga sotib yuborgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departamenti xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Departamentning Agnor tumani boʻlimi tomonidan tuman Aholi bandligiga koʻmaklashish markazining murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan.
Olib borilgan tekshiruv davomida markazning sobiq direktori ushbu markazga tegishli “Lacetti-2” rusumli mashinasini 2021-yilning 13-dekabrda auksionda sotish mazmunidagi yigʻilish bayonnomasini tayyorlab, aslida 98,2 mln soʻmlik avtomobilni “S.S” MCHJ tomonidan oʻtkazilgan auksionda 15,5 mln soʻmga sotganligi toʻgʻrisida hujjatlarni rasmiyalshtirib, oʻzganing mulkini oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-taroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata qilish yoʻli bilan talon-taroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling