Foto: Uzbekistan Airports
Termiz xalqaro aeroporti rekonstruksiya qilingandan soʻng yana ishga tushirildi, deya xabar qilmoqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati.
26-dekabr kuni Toshkent — Termiz yoʻnalishi boʻyicha HY-65 reysi, bortida 146 nafar yoʻlovchilar bilan, mahalliy vaqt bilan soat 08:15 da Termiz aeroportiga kelib qoʻngan.
55 kunlik tanaffusdan soʻng Termiz xalqaro aeroporti samolyotlarni qabul qilish va joʻnatish uchun yana ochildi. Qayta qurish doirasida uzunligi 3 ming metr va eni 60 metr boʻlgan yangi uchish-qoʻnish yoʻlagi, yurish yoʻlaklari va uchta samolyot toʻxtash joyi uchun perronni oʻz ichiga olgan, yangi 4E toifali aerodrom majmuasi qurildi.
Shuningdek, aerodromga zamonaviy CAT-I ICAO yoritish uskunalari tizimi, meteorologik va radionavigatsiya qoʻnish tizimlari oʻrnatildi. Yangi aerodrom majmuasini qurish loyihasi 550 mlrd soʻmga baholanmoqda. Ayni paytda 377 mlrd soʻmlik ishlar bajarilgan.
Loyihaning yakuniy bosqichi — uchta samolyot turar joyi va ikkinchi yurish yoʻlagi 2023-yilning apreligacha yakunlanishi rejalashtirilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling