Berlinda joylashgan dunyodagi eng katta silindr shaklidagi akvarium yorilib ketdi — foto, video

Akvariumning sigʻimi 1 mln litr boʻlib, unda bir yarim ming turdagi baliqlar boʻlgan

Foto: DPA<br>

Foto: DPA

Berlindagi Dom Aquaree mehmonxonasida dunyodagi eng katta silindr shaklidagi “AquaDom” yorilib ketdi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, akvariumning sigʻimi 1 mln litr boʻlib, unda bir yarim ming turdagi baliqlar boʻlgan.

Mazkur akvarium mehmonxonaning markaz qismida joylashgan. Politsiya maʼlumotlariga koʻra, mazkur hodisa erta tongdan sodir boʻlgan. Kuchli portlash ovozi eshitilgan, koʻchaga mehmonxona fasadining bir qismi otilib chiqqan. Bundan tashqari koʻchaga katta miqdorda suv toshib chiqqan.

Foto: Известия

Foto: Известия

Berlin favqulodda vaziyatlar brigadasi vakilining soʻzlariga koʻra, ikki kishi jarohatlangan. Jarohatlanganlar shifoxonaga yotqizilgan.

Foto: Reuters<br>

Foto: Reuters

Maʼlumotlarga koʻra, mehmonxona joylashgan Karl-Libknext-shtrasse koʻchasi yopib qoʻyilgan. Tashqariga otilligan katta miqdordagi suv oqimi tufayli qoʻshni koʻchalar va bir qator binolarni suv bosgan. Hozirda 100 ga yaqin qutqaruvchilar suv toshqini oqibatlarini bartaraf etmoqda.

Foto: Kommersant.ru<br>

Foto: Kommersant.ru

Mazkur hodisa sodir boʻlgan vaqtda mehmonxonada 350 ga yaqin mehmon boʻlgan. Hozirda ular evakuatsiya qilingan. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, voqeaga texnik nosozlik sabab boʻlgan.

“AquaDom” akvariumi 2003-yilda ochilgan, loyiha qiymati — 12,8 million yevro. Akvariumning balandligi 16 metr, diametri 11,5 metrni tashkil qiladi. Unda baliqlarning 100 dan ortiq turlari yashagan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling