Foto: Telegram
Oʻzbekiston togʻ qoʻriqxonalari va milliy tabiat bogʻlarida muhofaza ostiga olingan tasqara qushi otib oʻldirildi. Bu haqda Telegramʻdagi “Ekologuz” kanali xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu qush SITESning II Ilovasiga, shuningdek, Oʻzbekiston “Qizil kitob”iga ham kiritilgan.
Bosh prokuratura matbuot xizmatining xabar berishicha, mazkur holat boʻyicha tekshiruv amalga oshirilmoqda.
Natijasi boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot berilishi maʼlum qilindi.
Avvalroq, muhofaza qilingan hududlarda ikki erkak jayralarni shafqatsiz ravishda o'ldirgani haqida xabar berilgan edi.