Foto: Xabar.uz
Livan davlatida epidemiologik vaziyat yanada murakkablashgan. Bu yerda vaboga chalinganlar soni kun sayin ortmoqda. Bu haqda Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining navbatdagi bayonotida qayd etilgan.
Maʼlum qilinishicha, 5-oktyabrdan buyon mamlakatda vabo kasalligi bilan gumonlangan 1,4 mingdan ortiq kishi tegishli tibbiy tekshiruvlardan oʻtkazilgan. Natijada ulardan 400 nafarga yaqinida vabo tasdiqlangan. Shuningdek, bemorlardan 17 nafari kasallik oqibatida vafot etgan.
Ayni paytda xalqaro mutaxassislar epidemiya boshqa mamlakatlarda ham keng tarqalishidan jiddiy tashvishda. Chunki sentyabr oyida Livanga qoʻshni davlat Suriyada ham vabo bilan kasallangan bemorlar roʻyxatga olingan.
“Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti epidemiyani jilovlash maqsadida Livanga 600 ming doza vaboga qarshi vaksinalar partiyasini yuborishga qaror qildi”, — deyiladi tashkilot bayonotida.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling