Albaniya kiberhujum sababli Eron bilan diplomatik aloqani uzdi

Barcha eronlik diplomatlarga 24 soat ichida Albaniyani tark etish buyurilgan

Foto: BBC<br>

Foto: BBC

Albaniya bosh vaziri Edi Rama Eronni aholiga xizmat ko‘rsatuvchi davlat xizmatiga kiberhujum uyushtirishga uringanlikda ayblab, u bilan diplomatik munosabatlar uzilganini aytdi.

Qayd etilishicha, barcha eronlik diplomatlarga 24 soat ichida Albaniyani tark etish buyurilgan.

Maʼlum qilinishicha, Eron nafaqat davlat xizmati infratuzilmasiga hujum qilishga uringan, balki turli kiberguruhlarni ham moliyalashtirgani aytilmoqda.

“Ushbu qaror Eron Islom Respublikasi elchixonasiga, barcha diplomatik va texnik-ma’muriy xodimlarga, shu jumladan xavfsizlik xodimlariga 24 soat ichida Albaniya Respublikasi hududini tark etishlari kerak bo‘lgan rasmiy notada ma’lum qilindi”, – deydi Albaniya Bosh vaziri.

Taʼkidlanishicha, Eron 15-iyul kuni davlat xizmatlariga qarshi kiberhujum uyushtirishga uringan, jumladan, bu maqsadlar uchun turli guruhlarni moliyalashtirgan, kiberhujumning maqsadi tizimlarni falajlash va hukumat ma’lumotlarini o‘g‘irlash bo‘lgan.

"Hujum muvaffaqiyatsizlikka uchradi va yetkazilgan zararni kichik deb hisoblash mumkin va ixtisoslashgan idoralar bilan kelishilgan holda, kiberhujumni Albaniyaga hujum qilish uchun Eron tomonidan moliyalashtirgan to‘rt xil guruh amalga oshirgani isbotlandi”, – deya qoʻshimcha qilgan vazir.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling