Videodan lavha
Nukusda markaziy ko‘chalarida yo'l harakati qoidalarini buzib yurgan haydovchi paydo bo‘lgani xabar berilgandi.
Boshqarma matbuot xizmatining bugungi xabariga ko‘ra, raqamsiz "Cobalt" topilgan.
Ma‘lum bo‘lishicha, "Cobalt" haydovchisi Daniyar Masharipov 22-oktabr kuni do‘stlari bilan drift qilish bo‘yicha bahs bog‘lagan. Shundan keyin u soat 03:00 lar atrofida Nukusning O‘zbekiston guzari, Beruniy va Allayar Do‘snazarov ko‘chalarida mashinaning davlat raqamini yechib, qarama-qarshi yo‘nalishda drift qilgan.
"Ichki ishlar xodimlari bilmasin deb mashina raqamlarini yechgandim. Qilgan ishimdan pushaymonman. Boshqalarga bunday qilishni tavsiya qilmayman", — degan haydovchi.
Haydovchiga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-5-moddasi ikkinchi qismi(Transport vositalari haydovchilarining yo‘lning qarama-qarshi harakatlanish uchun mo‘ljallangan tomoniga yoki bo‘lagiga yo‘l harakati qoidalarini buzgan holda chiqishi, xuddi shuningdek avariya holati yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi va boshqalar)ga asosan bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari miqdorida jarima solingan. Mashinaning o‘zi esa jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling