Foto: UzDaily.uz
Toshkent shahrining Toshkent shahrining Olmazor, Shayxontoxur hamda Bektemir tumanlaridagi ayrim hududlar 10-noyabr kuni elektr energiyasi taʼminotidan vaqtinchalik uzildi. Bu haqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, bu harakat isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasini yetkazib berilishini taʼminlash, shuningdek, elektr tarmoqlarida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan avariya holatlarini oldini olish, hamda taʼmirlash ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, kuz–qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish, tuman elektr taʼminoti korxonalari tomonidan hududlarda past kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish, joriy hamda mukammal taʼmirlash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirib kelinmoqda.
Shu sababli, ushbu xududlardagi aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasidan vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi:
— Olmazor tumanining: “Olimpiya”, “Ziyo”, “Chimboy” MFYlarining aholi yashah xonadonlarida hamda “Talabalar shaharchasi” hududida;
— Shayxontoxur tumanining: “Jarariq”, “Yangi beltepa”, “Beltepa”, “Ibn Sino” hamda “Farobiy” MFYLarida;
— Bektemir tumanining: “Vodnik mavzesi” hududidagi 37, 39, 64, 65, 66-sonli koʻp qavatli uylar, “Majnuntol”, “Yik ota”, “Gulbogʻ” hamda “Tinchlik” MFYlari shunungdek, Ohangaron shox koʻchasi va Rohat koʻchalarining aholi yashah xonadonlarida elektr energiyasi vaqtinchalik oʻchiriladi.
“Bularning barchasi aholini kuz–qish mavsumida uzluksiz va barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlashga qaratilgan. «Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati mazkur taʼmirlash ishlari tufayli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr soʻraydi», — deyiladi xabarda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling