Respublikaning qator hududlarida qor ko'chish xavfi e'lon qilindi

Oʻzgidromet Toshkent viloyati, voha hamda vodiy viloyatlari aholisini ogohtantirdi

Foto: Kun.uz<br>

Foto: Kun.uz

Respublikaning bir qator hududlarida qor koʻchish xavfi eʼlon qilindi. Bu haqda Oʻzbekiston Gidrometeorologiya markazi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 18-22-noyabr kunlari kutilayotgan vaqti-vaqti bilan kuchli yogʻingarchilik hamda havo haroratining sezilarli oʻzgarishlari sababli respublikaning togʻli hududlarida, jumladan:

Qashqadaryo viloyati: Kitob, Shahrisabz, Qamashi, Dehqonobod tumanlarida;

Surxondaryo viloyati: Qumqoʻrgʻon, Sariosiyo, Uzun, Boysun tumanlarida;Jizzax viloyati: Zomin tumani

Toshkent viloyati: Ohangaron, Boʻstonliq,tumani va Chotqol tizmasining “Chimyon” togʻlarida;

Namangan viloyati: Pop tumani va Qamchiq dovoni hududida;

Fargʻona viloyati: Soʻx, Fargʻona tumanlarida qor koʻchish xavfi elon qilingan.

Shu munosabat bilan togʻli hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda togʻli hududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini koʻrishlarini soʻraladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling