Foto: Repost.uz
Prezidentning “Respublikada mahalliy aviaqatnovlarni rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga ko'ra, hududlarni bir-biri bilan oʻzaro bogʻlash maqsadida 2023-yil mart oyidan boshlab Samarqand — Nukus, Samarqand — Moʻynoq, Samarqand — Termiz, Buxoro — Termiz, Namangan — Termiz va Namangan — Nukus kabi yangi yoʻnalishlarda muntazam aviaqatnovlar boshlanadi.
Shuningdek, Qashqadaryo, Surxondaryo va Jizzax viloyatlarining turizm salohiyatini oshirish maqsadida Shahrisabz va Sariosiyo aeroportlariga aviaqatnovlarni tiklanib, Zomin aeroportiga ham aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyiladi.
Bundan tashqari, aviaqatnovlar jadvalini yoʻlovchilar uchun qulay boʻlgan temir yoʻl, avtobus va mikroavtobus yoʻnalishlari bilan integratsiyalash orqali yagona logistika tizimini yaratish choralari koʻriladi.
Oʻzbekistonning mahalliy aviakompaniyalariga ichki turizm yoʻnalishlaridagi aviaqatnovlar uchun avia chipta narxining 25 foizi miqdorida respublika budjetidan subsidiya ajratish muddati 2026-yil 1-yanvarga qadar uzaytirildi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling