O'zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi fuqarolarni mamlakatni tark etishga chaqirdi

Oʻzbekistonliklarga vaziyat barqarorlashguncha Ukrainaga bormaslik tavsiya etiladi

Foto: O'zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi<br>

Foto: O'zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi

O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi Ukraina shaharlariga raketa hujumlarining kuchayishi ortidan O‘zbekiston fuqarolarining ushbu davlatga borish va u yerda bo‘lish yuzasidan qilgan murojaatlariga javoban bayonot bilan chiqdi.

“Frontdagi vaziyatning keskinlashuvi hamda butun Ukraina bo‘ylab raketa va artilleriya zarbalarining davom etishi ehtimoli yuqoriligidan kelib chiqib, vatandoshlarimizdan shaxsiy xavfsizlik nuqtai nazaridan ushbu mamlakatni tark etishlarini so‘raymiz”, — deyiladi elchixona xabarida.

Bundan tashqari, elchixona O‘zbekiston fuqarolariga vaqtincha Ukrainaga sayohat qilmaslik, shuningdek, vaziyat barqarorlashguncha barcha safarlarni kechiktirishga chiqargan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling