Rossiya chekinish paytida G'arb davlatlari Ukrainaga butun urush davomida yetkazib berganidan ko'ra ko'proq og'ir qurollar qoldirgan

Ukraina Qurolli Kuchlariga Rossiyadan meros boʻlib qolgan uskunalarning haqiqiy miqdori qayd etilganidan ham koʻproq boʻlishi mumkin

Foto: CNBC

Foto: CNBC

Rossiya armiyasi Ukraina Qurolli Kuchlari uchun ogʻir qurollarning asosiy yetkazib beruvchisiga aylandi, deb xabar bermoqda "Wall Stret Journal" nashri.

Nashrning yozishicha, turli portallarning analitiklari bilan oʻtkazilgan suhbatlarda yigʻilgan ochiq maʼlumotlarga koʻra Rossiya qoʻshinlari chekinish paytida Gʻarb davlatlari Ukrainaga butun urush davomida yetkazib berganidan koʻra koʻproq ogʻir qurollarni qoldirgan.

Tashlab ketilgan qurollarni esa Ukraina Qurolli kuchlari oʻzlashtirgan. Jumladan:

— 421 tank (Gʻarbdan 320 ta)

— 445 ta piyoda jangovar texnikasi (Gʻarbdan 210 ta)

— 192 zirhli jangovar mashina (Gʻarbdan 40 ta)

— 44 ta reaktiv raketa tizimi (Gʻarbdan 70 ta)

Bu raqamlar butkul rasmiy emas, deya qayd etadi Wall Street Journal, Ukraina Qurolli Kuchlariga Rossiyadan meros boʻlib qolgan uskunalarning haqiqiy miqdori bundan ham koʻproq boʻlishi mumkin.

Ukraina qoʻlga kiritgan uskunalarning bir qismi darhol foydalanishga tayyor, yana bir qismi frontga qaytishdan oldin taʼmirlanmoqda, qolgan qismi esa jiddiy shikastlangan va ular ehtiyot qismlar uchun demontaj qilingan.

Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi rahbari Aleksey Danilovning soʻzlariga koʻra, ogʻir texnikalar harbiy logistika qoʻmondonligi orqali taqsimlanadi, yengil qurol va oʻq-dorilar esa ularni qoʻlga olgan boʻlinmalarda qoladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling