O'zbek Tik Tokida nimalar ro'y bermoqda — video

Repost uz O'zbekistonda so'nggi kunlarda qiziqish ostida bo'lib turgan videolarni taqdim etadi

Avvalgi maqolalarimizda dunyo ko'lamidagi tik-tokerlarning "trend"dagi videolari haqida ma'lumot bergan edik. 

Endilikda, o'zbek tik-tokerlari va ular qiladigan kontentlar qanday ekanligini e'tiboringizga havola qilmoqchimiz.

O'zining chidamli, mehnatsevar ekanligi va yeyotgan ovqati haqida video olib yuradigan qahramonimiz bu safar "rep" yo'nalishida o'zi yozgan qo'shiqni aytishga qaror qilgan. To'g'ri qo'shiq studiyada yozilmagan, sifati tinglovchilar uchun yoqimli bo'lmasligi ham mumkin, biroq tik-toker havaskorligini va uning birinchi qo'shig'i ekanligini hisobga olib qo'shiq qanday chiqqanini baholashni o'zingizga qoldirdik.

O'zi yetishtirgan "makka"lar ketidan mashhurlikka erishga navbatdagi qahramonimizning ishlari yurishib ketgan ko'rinadi. Har holda O'zbekistondan turib Amerikaga makkajo'xori yetkazib berish oson ish emas. Tik Tokerimiz esa bu ishni  "layk" hamda sovg'alar evaziga amalga oshirmoqchi ko'rinadi.  Aytgancha, tik-toker videoda o'zi kiyib olgan Tik Tok yozuvi tushirilgan kiyimiga urg'u berib o'tgan. Bundan tik-tokerning ijtimoiy tarmoqqa bo'lgan muhabbatini anglatadi degan hulosaga kelishimiz ham mumkin.

Navbatdagi videoda Toshkent shahridagi to'y aks etgan. Ushbu to'yni boshqalaridan ajratib turadigan jihati u avtobusda o'tkazilayotganidir. Toshkentlik bir guruh yoshlar ikki qavatli avtobusni ijaraga olib uning ikkinchi qavatida to'y marosimini nishonlashayotganini ko'rishimiz mumkin. Kreativ yonashilgan ushbu holat yo'l harakati qoidalariga to'g'ri keladimi, yo'qmi bunisi bizga noma'lum. Muhimi ular ko'tarinki kayfiyatda to'y marosimini nishonlashyapti.

Ushbu videoda tik-tokerlarning "ikkinchi" uyiga aylanib ulgurgan Forumlar saroyi atrofida raqsga tushayotgan yoshlarni ko'rish mumkin. Videoda qanday ma'no borligi noma'lum bo'lsada video allaqachon 1.2 mln ko'rilishga ega bo'lib ulgurgan. Balki hamma ma'no musiqadadir.

Ko'p qirrali bloger Timur Alixonov o'zining "Shunchaki biznes" taronasiga qanday qilib raqsga tushish kerakligini obnachilariga tushuntishga harakat qilish bilan band. Yangicha raqs sizdan o'zingizni qiynashni, ko'p harakat qilishingizni talab qilmaydi. Bayramlarda terlab pishib raqsga tushadiganlar uchun osonroq raqsga tushsa ham bo'ladi demoqchi bo'lgandir bloger.

Xabaringiz bor mashhur pianinochi Stephan Readly kuni kecha Toshkentga tashrif buyurdi hamda muxlislarini o'z san'ati bilan hursand qildi. Tik Tokda o'zbekistonliklar pianinochi bilan jo'r bo'lib kuylayotgan qo'shiq oz fursatda 300 mingdan ortiq ko'rilgan.

Videolar Tik Tokda barcha uchun ochiq bo'lgan sahifalardan olindi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling