O'zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2022-yilning yanvar-iyul oylarida ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar soni ma'lum bo'ldi. Bu haqda Davlat statistika qo'mitasi xabar berdi.
Ma'lum bo'lishicha, dastlabki 7 oy davomida eng ko'p Cobalt avtomobili ishlab chiqarilgan.
Qolgan avtomobil ulushlari esa quyidagicha:
— “Cobalt” - 52 903 dona
— “Lacetti-Gentra” - 47 600 dona
— “Damas” - 39 779 dona
— “Nexia T-250” - 14 237 dona
— “Spark” - 7 548 dona
— Maxsus yengil avtomobillar - 11 008 donani tashkil qilgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling