Tik Tokda eng ko'p "like" yiqqan videolar

Repost obunachilari uchun Tik Tok foydalanuvchilari eng ko'p yoqtirgan videolarni to'pladi

Foto: infobae

Foto: infobae

Tik Tokdagi ushbu videolarning aksariyati shunchaki o'ylab topilmagan, boshqa bir videoga taqlid qilish natijasida ommalashib ketgan. Xalq orasida "Oyga ikkinchi bo'lib chiqqan odamni eslashmaydi" naqlida ibora bor.  Biroq Tik Tok foydalanuvchilari uchun nechinchi bo'lib bu ishni bajargani ahamiyatsiz, muhimi videoni maromiga yetkaza olish.

Ro'yxatda 1-o'rinda bo'lgan video atiga 10 sekunddan iborat. Bella Poarch 2020-yil 17-avgustda TikTok’da eng ko‘p yoqtirilgan videoni yaratdi, unda qiz britaniyalik reper Millie B.ning “M to the B” qo‘shig‘iga labi sinxronlashtirildi va ko'rib turibsizki video hanuzgacha eng ko'p "like" to'plagan videolar ro'yxatini boshqarib kelmoqda.

Gap shundaki, ushbu foydalanuvchining nomi ham o'zi ham umuman mashhur emas. Shunga qaramay, uning sahifasida 3 milliondan kam ko'rilgan birorta video yo'q. Jamie hech narsa reklama qilmaydi, o'zining kun tartibi bilan o'rtoqlashmaydi. U Tik Tokda shunchaki dam oladi va ehtimol shuning uchun ham ko'plab odamlar hozir uning videolarini ko'rib zavq olishar. Videoga to'xtalsak, 1-o'rindagi videodan farqli o'laroq Jamie shunchaki og'iz harakatlari bilan cheklnmadi va biroz raqs ham qo'shdi. Natijasi esa hech kim kutmagan darajada hayratlanarli bo'ldi.

Polshalik rassom Franek Bielak Instagram va TikTok sahifalarida o'zining ajoyib giperreal rasmlarini ulashib boradi. Uning san'atidan nafaqat Tik Tok balki boshqa tarmoqlar foydalanuvchilari ham hayratda qoladi.  Bundan tashqari, u endigina 16 yoshda.

Franek Lebron Jeymsdan tortib Mona Lizagacha bo'lgan barchani jonlantirib, ijtimoiy tarmoqlarda juda ko'p iz qoldirdi. Uning ushbu videosida esa boshqa bir foydalanuvchi chizgan rasm videosi to'plagan 'like"lar sonidan hayratlanib yaratilgan.

Yana bir boshqa foydalanuvchining videosidan ilhomlanib yaratilgan video. Nick Tik Tokga birinchi marta 2019-yilda video joylagan va u 7000 marta ko'rilgan. U o'zining virusli Sugar Crash videosini joylashtirganidan so'ng esa uning akkauntida obunachilari soni keskin oshgan va mashurlikka erishgan. Hozirda Nickning shaxsiy "Luciano Western Wear" nomli kiyim-kechak brendi bor.

Ushbu video muallifining asl ismi David bo'lib, u amerikalik hamda oliy ma'lumotga ega. U Tik Tokda 2021-yil iyul oyida 1 million obunachiga ega bo'lgan, avgust oyi oxiriga kelib esa obunachilari soni 7 milliondan oshdi. Uning dron yordamida olingan raqs videolari Tik Tok foydalanuvchilariga yaxshi kayfiyat ulashadi. Ushbu videoni u mukammal tarzda amalga oshirganini alohida ta'kidlash kerak. ToTouchAnEmuning  obunachilarni o'rtacha jalb qilish darajasi 13% ni tashkil qiladi. Shunday qilib, u bitta reklama postidan oladigan taxminiy daromadi 4740 dan 7100 dollargacha.

Shuni ta'kidlash kerakki siz uchun yoqimli bo'lgan mashg'ulot yoki kreativligingiz sizga mashhurlik olib kelishi mumkin. Shu kungacha bu orzuni amalga oshirish uchun Tik Tok kabi qulay va tekin tarmoq bo'lmagan. Tanilishdan qo'rqmang iqtidoringizni ko'rsating va videoni Tik Tokka joylang, albatta O'zbekistonda Tik Tok blokdan ochilganidan keyin.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling