Samarqandda yashovchi, “Tik Tok”da ikki millat orasiga nifoq solmoqchi bo‘lgan shaxs 15 sutkaga qamaldi. Bu haqda Samarqand viloyat IIB xabar berdi.
Ma'lum bo'lishicha, 2022-yil 12-oktyabr kuni Samarqand viloyati huquqni himoya qiluvchi organ xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda, Samarqand viloyati, Samarqand shaxrida yashovchi, 24 yoshli shaxs “Tik Tok” platformasida ochgan profili orqali qo‘shni davlat fuqarosi bilan o‘zaro “batl” qilishi natijasida, ikkinchi tarafni turli so‘zlar bilan haqorat qilib, ikki millat fuqarolari orasida nifoq keltirib chiqarishga qaratilgan hatti xarakatlarni sodir qilgani aniqlangan.
"Ushbu so‘zlar orqali sodir etilgan janjal, taraflarning ommaviy janjali bilan yakunlanishi, ikki davlat fuqarolari orasiga nifoq solinishining oldi olindi", — deyiladi bayonotda.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, Samarqand shahrida yashovchi "TikToker"ga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling