Dunyoni boqmoqchi bo'lgan Hindiston o'z aholisiga bug'doy yetkaza olmayapti

Modi va'da bergan payti ham bug'doy yetishtirishga issiqlik to'lqini xavf solayotgandi

Foto: bloomberg

Foto: bloomberg

Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi Hindiston Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishidan keyin “dunyoni boqishga” tayyorligini aytgan edi. Endilikda Hindistonning o'zi bug'doy importi haqida bosh qotiryapti deb xabar berdi Bloomberg.

Ma'lum bo'lishicha, Modi o'z va'dasini berishdan oldin ham, mart oyida boshlangan rekord darajadagi issiqlik to'lqini Hindiston bug'doy ishlab chiqarishiga xavf solayotgan bo'lgan. Endilikda bu Hindistonda ishlab chiqarishni qisqartirgan va mahalliy narxlarni oshishiga, asosiy oziq-ovqatlarni tayyorlash uchun bug'doydan foydalanadigan yuz millionlab hindlarning kundalik hayotini qiyinlashishiga olib kelgan.

Hindistonning oziq-ovqat korporatsiyasi ma'lumotlariga ko'ra, davlat zahiralari avgust oyida 14 yil ichidagi eng past darajaga kamaygan, iste'molchi bug'doy inflyatsiyasi esa 12% ga yaqinligi aytilgan.

Yaqinlashib kelayotgan tanqislik va ko'tarilgan narxlar sababli hukumat baʼzi hududlardagi un tegirmonchilariga don import qilishda yordam berish uchun bugʻdoyga 40 foizlik import soligʻini kamaytirish yoki bekor qilish masalasini muhokama qilmoqda.

Dunyoda ikkinchi yirik bug'doy yetishtiruvchi bo'lishiga qaramay, Hindiston hech qachon asosiy eksportchi bo'lmagan. Shuningdek, chet eldan haridlar ishlab chiqarishning taxminan 0,02% ni tashkil qiladi.

Shu paytgacha mamlakat deyarli o'zini-o'zi ta'minlaydigan edi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling