Foto: Instagram
Yaqinda mashhur reper Timati O'zbekistonga keldi. U O'zbekistonda bo'lgan vaqtida foydalanuvchilar uni sharxlar va savollarga ko'mib tashlashdi.
Foydalanuvchilar uni ijtimoiy tarmoqlar orqali "Harbiy komissarlikdamisiz?", "Chaqiruv qog'ozini oldingizmi?", "Vatanparvarlik postlari qani Timur?", kabi sharxlarga ko'mib tashlashdi.
Shundan keyin reper ushbu so'rovlarga javob berishga va hamma narsaga oydinlik kiritishga qaror qilgan.
"Men Moskvadaman. Hech qayerga ko'chib ketganim yo'q va ko'chib ketmoqchi ham emasman. Mening joyim shu yerda. Men hali chaqiruv qog'ozini olmadim, lekin bu umuman olmayman degani emas. Havo yo'llarining yopilishi, harbiy holat haqidagi gaplar menda vahima kelitirib chiqarmaydi. Men bo'layotgan voqealarni qabul qildim va shunday yashashda davom etaman. Vaqt bor ekan, men mamlakat ichida barcha mumkin bo'lgan yangi loyihalar bilan shug'ullanaman, yangi loyihalar ishlab chiqaman va mamlakatni yalpi ichki mahsulotini ko'taraman. Hozirgi holatda ruslarning yaxshi mahsulotlariga bo'lgan talab faqat o'sib boradi. Biz ishlaymiz", — deydi u.
Shuningdek, u shuncha yil shu mamlakatda yashab, rivojlanagan har bir kishi ertami-kechmi vatan oldidagi qarzini to'ashga majbur ekanligini qo'shimcha qilgan.
Shu bilan birga, u har doim vatan oldidagigi burchini bajarishga tayyorligini ta'kidlagan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling