Bloger Timur Alixonov korrupsiya aralashgan Umra, monopoliya, majburiy qilingan "open budjet", byurokratiya haqida gapirdi — video

Bloger 40 yoshdan oshgan ota-onasi hujjatlar ketidan bir hafta yugurganini aytdi

Foto: instagram

Foto: instagram

Mashhur o'zbekistonlik bloger Timur Alixonov videomurojaat orqali bir qancha kamchiliklar, byurokratiya, monopoliya va korrupsiya haqida gapirdi.

Blogerning aytishicha, u o'zining ota onasini Umra safariga jo'natish oldidan bir qancha qiyinchiliklarga duch kelgan. Jumladan, bloger Umra va Haj safarlari O'zbekistonda eng katta monopoliyalardan biriligini, agar mas'ul hodimga pora berilsa navbatsiz ketishi mumkinligini va bu holatdan ajablanganini aytgan.

Sog'liqni saqlash vazirligidan esa Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi 31-poliklinikasini nazorat ostiga olishni so'ragan.  Timur Alixonov ushbu poliklinika bosh vrachi qo'l ostidagi xodimlariga kelgan bermorlardan "open budjet" uchun ovoz yig'ishni, bundan bosh tortgan bemorni qabul qilmaslikni buyurganini aytdi.

Shuningdek, bemorlar shifokor yoki hamshiraga pora bermagunicha ularga qaramasligini aytgan va hamma shifokor ham bunday emasligini, biroq ko'pchiligi bilan shunday hol yuz berganini qo'shimcha qildi.

Bloger Timur Alixonov ota-onasi 40 yoshdan oshgani, ulardan umri davomida duch kelmagan hujjatlarni talab qilishganini aytib, qog'ozbozlikni kamaytirishni so'ragan.

"Mening 40 yoshdan oshgan ota-onam hujjatlarni ortidan bir hafta yugurishdi, mayli ular hali yoshdir lekin Umra safariga bormoqchi bo'lgan 70 yoshdan oshgan qariyalarimiz nima qilsin?" — deydi bloger.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling