Qirg'iziston Tojikistonga dron va vertolyotlar bilan zarba berdi

Hujum oqibatida o'nlab uylar vayron bo'lgan, ko'plab tinch aholi jabr ko'rgan

Foto: Asia-plus<br>

Foto: Asia-plus

Qirg'iziston Tojikistondagi fuqarolik obyektlariga dron va vertolyotlardan zarba berdi. Bu haqda "Asia-plus" nashri xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Qirg‘iziston kecha, 16-sentyabr kuni o‘t ochishni to‘xtatishga kelishilganidan keyin bir yarim soat o‘tib, barcha turdagi og‘ir qurollar bilan Tojikiston aholi punktlariga o‘t ochishni boshlagan.

Qayd etilishicha, Bobojon G‘ofurov tumanining Ovchi Qal’acha jamoati va Isfara shahrining Vorux va Chorkux jamoatlari o'qqa tutilgan.

“Qirg‘iziston harbiy vertolyotlar va hujumchi dronlardan foydalangan holda Tojikistondagi turar-joy binolari va fuqarolik obyektlariga havodan hujum uyushtirayotgani xavotir uyg‘otadi”, — deyiladi bayonotda.

Shuningdek, Qirgʻiziston tomoni Qirgʻiziston Respublikasining Botken viloyati markazidan Tojikiston bilan chegaradosh viloyatlarga qoʻshimcha kuch va vositalarni oʻtkazayotgani xabar qilingan.

“Asia-plus” nashrining ma'lum qilishicha, nashr jurnalistlari bilan suhbatda Ovchi-Qal’acha jamoati aholisi bir necha mahalla fuqarolari Qirg‘izistonning uchuvchisiz samolyoti hujumi qurboni bo‘lganini tasdiqlagan.

“Otashkesim (o't ochishni to'xtatish) haqidagi xabarlardan soʻng, mahalla ahli koʻchaga chiqdi va oʻsha paytda qirgʻiz droni odamlarga hujum qildi. Oqibatda 10 dan ortiq kishi jarohatlangan. Turar-joy binolari va fuqarolik infratuzilmasiga uchuvchisiz havo zarbalari berilmoqda”, — deydi aholi vakillari.

Isfara shahrining Sho‘rob qishlog‘i aholisi ham Qirg‘iziston dronlarining turar-joy binolari va infratuzilmalarga hujum qilgani haqida xabar bermoqda.

“Qirg‘iz dronlari 16-sentyabr kuni ertalab va tushdan keyin zarbalar berdi. O‘nlab uylar vayron bo‘ldi, ko‘plab tinch aholi jabr ko‘rdi”, — deydi aholi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling