Foto: : Royal Air Force
Buyuk Britaniyaning elektron razvedka va elektron urush samolyoti "Святой Нос" hududida Rossiya Federasiyasining davlat chegarasini buzib o'tdi.
Barens dengizi suvlarida navbatchilik qilayotgan havo hujumidan mudofaa kuchlari Rossiya davlat chegarasi tomon yo'l olgan noma'lum havo nishonini aniqlagan.
Davlat chegarasi buzilishining oldini olish uchun havo hujumiga qarshi mudofaa qo'shinlari navbatchi bo'limidan MiG-31BM qiruvchisi ko'tarilgan.
U Buyuk Britaniya harbiy-havo kuchlarining RC-135 VVS elektron razvedka va elektron urush samolyoti ekanligini aniqlangan.
Rossiya Mudofaa vazirligi havo nishoni "Святой Нос" hududida Rossiya Federatsiyasi chegarasini buzganini ta'kidladi. Razvedka samolyoti Rossiya qiruvchisi ekipajining harakatlari bilan Rossiya Federatsiyasi hududidan chiqarib yuborilgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling