Foto: pulse.ng
Qozog'istonda blogerlar shartnoma tuzmasdan muhtojlarga pul yig'gani uchun jazolanadi. Bu haqda “Kazakhstan Today” xabar berdi.
Ma'lum bo'lishicha, Qozog'istonda so'nggi paytlarda pul yig'ish bilan bog'liq firibgarlik holatlari aniqlangan. Ayrimlar kasal bolalarning fotosuratlaridan foydalanib, go'yoki ularni davolash uchun pul yig'gan. Lekin, aslida, barcha yig'ilgan pullarni o'zlari ishlatgan.
Endilikda mutasaddilar bunday holatlarni nazorat qilishini ta'kidlagan. Ehtiyojmandlar uchun pul yig'ishda ko'ngillilar va bloggerlar ular bilan shartnoma tuzishi shart. Aks holda, ko'ngillilarning harakatlari firibgarlik sifatida baholanishi mumkin.
“Xayriya ko'ngillilari kamida 18 yoshga to'lgan bo'lishi kerak. Biz ko'ryapmizki, bugungi kunda ko'ngillilik niqobi ostida ko'plab odamlar xayriya ishlari bilan shug'ullanib, aholidan pul so'rayapti. Yoki ba'zi do'kon, turli muassasalarda yordam qutilarni ko'ramiz, odamlar yordam puli so'ramoqda, masalan, operatsiya uchun. Bu faoliyatning barchasi bugun tartibga solinishi kerak va qonunda shunday normalar bor”, — degan parlament deputati Vera Kim.
Uning ta'kidlashicha, ba'zi bloggerlar pulning bir qismini o'zlariga reklama qilgani uchun olgan. Shartnoma tuzish bo'yicha qaror rasman 5-sentyabrdan kuchga kiradi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling