Surxondaryoda noqonuniy pirotexnika vositalari sotmoqchi bo'lganlar ushlandi

Holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda

Foto: Twitter

Foto: Twitter


Denovda 288 blok pirotexnika vositalarini sotmoqchi boʻlganlar ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, DXX Surxondaryo viloyati boʻyicha 24-noyabr kuni viloyat Bojxona boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda Denov tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda katta miqdordagi pirotexnika vositalari savdosiga chek qoʻygan.

Aniqlanishicha, Sariosiyo tumanida yashovchi 28 yoshli fuqaro oʻzining "Isuzu" yuk avtomobilida Toshkent shahridan olib kelgan koʻp miqdordagi pirotexnika vositalarini Denov tumanida yashovchi 36 yoshli shaxsga yetkazib berishni rejalashtirgan.

Tezkor tadbir natijasida fuqaro umumiy hisobda 288 blok (2 880 pachka, 158 400 dona) “Treniya” nomli pirotexnika vositalarini olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.

Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling