Foto: profile.ru
Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligining bayonot berishicha, Oʻzbekiston Eron bilan harbiy-texnik sohada hamkorlik qilmaydi va oʻz hududida Eron harbiy texnikasini yigʻmaydi.
Bayonotda ma'lum qilinishicha, Oʻzbekiston Eron bilan harbiy-texnik sohada hamkorlik qilmaydi va oʻz hududida Eron harbiy texnikasini yigʻmaydi.
Shu bilan birga, hozirgi vaqtgacha Ukraina tomonidan ham, boshqa xorijiy hamkorlardan ham “Eron dronlarini yigʻish” masalasi boʻyicha rasmiy murojaatlar kelib tushmagan.
Shu munosabat bilan Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Ukraina rasmiy hukumatiga Ukraina ommaviy axborot vositalarida Oʻzbekiston toʻgʻrisida ikki tomonlama munosabatlarga putur yetkazishi mumkin boʻlgan bunday asossiz ayblovlar va boshqa ishonchsiz maʼlumotlar tarqatilishining oldini olish boʻyicha tegishli choralar koʻrishni soʻrab murojaat qiladi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling