Foto: Ngmk.uz
Navoiy kon metallurgiya kombinatiga qarashli konda amalga oshirilgan portlatish ishlari oqibatida bir kishi halok boʻldi. Bu haqda Navoiy viloyati prokuraturasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 26-noyabr kuni “NKMK” AJ Shimoliy kon boshqarmasiga qarashli “Sharqiy” konida portlatish ishlari olib borilgan hududda ruda toshlarni olish ishlari bilan shugʻullanayotgan EKG-40 rusumli ekskavator kabinasiga togʻ jinslari koʻchmasi sachrab tushgan.
Mazkur hodisa oqibatida kabinada boʻlgan mashinist tan-jarohati olib, voqea joyida vafot etgan. Bundan tashqari, EKG-40 rusumli ekskavator kabinasida boʻlgan, mashinist yordamchisi “boʻyin va oʻng qoʻl kaft soxasi 1 va 2-darajali kuyishi tan-jarohati olgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan IIV huzuridagi 2-son IIB tergov boʻlinmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotgan boʻlib, sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan. Shunindek, tergovga qadar tekshirish harakatlari Zarafshon ixtisoslashtirilgan prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling