Foto: Telegram
Ijtimoiy tarmoqlarda Yakkasaroy tumani “Muqimiy” MFY hududidan oʻtgan elektr uzatish havo tarmogʻidagi kabel yonib ketgani haqida video tarqaldi. “Hududiy elektr tarmoqlari” Toshkent shahar filiali matbuot xizmati holat yuzasidan munosabat bildirdi.
Unda aytilishicha, 15-dekabr kuni Yakkasaroy tumani Muqimiy koʻchasidagi aholi yashash xonadonlarini elektr energiyasi bilan taʼminlovchi elektr uzatish tarmogʻida yuklama ortib ketishi natijasida simlar qisqa tutashuvidan kichik yongʻin kelib chiqqan.
Gaz bosimi pasayishi natijasida elektr energiyasiga boʻlgan talab ortib joylardagi mavjud past kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarida avariyali uzilish holatlari yuzaga kelgan.
“Ayni vaqtda, Yakkasaroy TETK tezkor guruh ishchi-xodimlari tomonidan avariyani tezkorlik bilan bartaraf etish uchun barcha choralar koʻrilib, hududlarda tezkor brigadalar tomonidan taʼmirlash ishlari olib borilib, avariya holati bartaraf etilmoqda”, – deyiladi rasmiy xabarda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling