Foto: Telegram
Toshkent shahrining Yashnobod tumanida joylashgan kafeda byongʻin sodir boʻldi, deb xabar berdi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.
Ma'lum qilinishicha, 28-sentabr kuni soat 10:07 da Toshkent shahar Yashnobod tumani “M.Ashrafiy” ko‘chasida joylashgan oshxonalarning birida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida shahar FVVga xabar kelib tushgan.
Xabarga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga yetib borib yong'inni bartaraf etgan.
Yong‘in natijasida oshxonaning taxminan 100 kv.m. maydonda tom qismi yonib zararlangan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olish va halok bo‘lish xolatlari qayd etilmagan. Hozirda yong‘inni kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling