Foto: Toshkent viloyat IIB
Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida yashovchi o‘zining og‘iz qismini tikib olib murojaat qilgan fuqaro haqida xabarlar tarqalgandi. Viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi holatga izoh berdi.
Ma'lum bo'lishicha, 31 yoshli fuqaro og'zini tikib ochlik e'lon qilgan. Keyinchalik, 20-avgust kuni Yangiyo'l tumani "Xalqobod" MFYda ust kiyimlarini yechib uy tomiga chiqqan. O'zini tomdan tashlashini aytib, odamlarni to'plagan.
Voqea joyiga borib, fuqaroni tinchantirishga harakat qilgan IIB xodimlarini so'kib haqoratlagan.
Ushbu holat yuzasidan o‘tkazilgan ochiq sud majlisida fuqaro Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183- (mayda bezorilik) va 194-moddalarida (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) ko‘rsatilgan huquqbuzarlikni sodir qilganlikda aybli deb topilgan. Unga nisbatan 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Ta'kidlanishicha, fuqaro o‘zini tomdan tashlashiga noma’lum bloger ayol kelib, unga “shantaj qilib, masalangni hal qilib yuribsanmi?” degan so‘zlari turtki bo‘lgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling