Foto: Facebook
“Ilhom” teatrining koʻrgazmalar zalida yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda teatrning Facebookdagi rasmiy sahifasida maʼlum qilindi.
Qayd etilishicha, hodisa oqibatida tomoshalar vaqtincha toʻxtatilgan.

Foto: Facebook
Xabarga koʻra, teatrning minimal yopilish vaqti ikki hafta. Tergov tadbirlari tugagandan soʻng spektakllar davom ettiriladi.
“Oldin sotib olingan barcha chiptalar teatr qayta tiklanganidan keyin amal qiladi”, — deyiladi xabarda.