Foto: Xushnudbek.uz
Shavkat Mirziyoyev “500 nafar eng nufuzli musulmonlar” roʻyxatidan joy oldi. Bu haqda "The Muslim 500" nashrida eʼlon qilindi.
Mazkur roʻyxat musulmon dunyosida siyosiy, iqtisodiy, diniy hamda madaniy kabi umumiy 13 ta yoʻnalish boʻyicha oʻz taʼsiriga ega boʻlgan musulmon shaxslarni aniqlab boradi.
Oʻz navbatida, ushbu roʻyxatdan bir qator davlat rahbarlari — Saudiya Arabistoni podshohi Salmon bin Abdulaziz, Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan, Qozogʻiston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saud, BAA prezidenti Muhammad bin Zoid Ol Nahayon hamda Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif ham oʻrin olgan.
Maʼlumot uchun, “500 nafar eng nufuzli musulmon” jurnali 2009-yildan buyon yilda bir marta nashr etib kelinadi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling