Instagram hafta ichida: Yigitali bilan yarashib olgan Muqaddas Sa'dullayeva, Xolavachchasi Islom Karimov bilan 13 yildan buyon endi ko'rishgan Maryam Tillayeva, Turmushga chiqqan Laziza

Shou-biznes vakillarining hafta davomida Instagram sahifasiga joylashtirgan eng qiziqarli foto va videolarini eʼtiboringizga havola etamiz

Munisa Rizayeva oʻz muxlisining istagini amalga oshirdi.

Jaloliddin Ahmadaliyev tez kunlarda yangi taronasini muxlislar eʼtiboriga havola qilishini maʼlum qildi.

Aktrisa Muqaddas Saʼdullayeva turmush oʻrtogʻi Yigitali Mamajonov bilan ajrashgani haqidagi mish-mishlardan soʻng, u bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi.

Bir muddat Janubiy Koreyada gastrol safarida boʻlgan Botir Qodirov Janubiy Koreyaning Seul shahridagi markaziy koʻchada “Aldamadim” nomli taronasini ijro etdi.

Barchaga taniqli xonanda Lola ijodiy jamoasi fotokoʻrgazmaga tayyorgarlik koʻrayotganini maʼlum qildi.

Mashhur taronalari orqali muxlislar qalbidan joy egallagan xonanda Dostonbek Ergashev otasiga Kia Seltos avtomashinasini sovgʻa qildi.

Bloger Maryam Tillayeva oʻzining Parij koʻchalarida tushirilgan videosini ommaga havola etdi. Shuningdek, u hozirda ushbu mamlakatda yashayotgani va oʻqish, yangi narsalarni oʻrganish bilan band ekanligini maʼlum qildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi mashhur loyiha Shok.uz orqali ommani eʼtiboriga tushgan boshlovchi Laziza turmushga chiqdi.

Instabloger va tiktoker Liil Xurramov Hyundai Santa Fe avtomashinasini xarid qilgani haqida aytib berdi.

“Bir yarim oy oldin yangi mashina oldim. Hech kimga koʻrsatmadim. Men har yili topgan mablagʻimga koʻchmas mulk olishni yaxshi koʻraman. Hyundai Santa Fe Jeepʼini oldim. Koʻz tegmasin deb hech kimga koʻrsatmayapman, shunchaki aytdim, xolos. Uni haydab yuribman, ikkinchi mashinam ham bor, unda yigitlar oyimni xizmatini qilish uchun haydab yurishadi. Bu mashinani giv uchun bersam, oyim uchun yangi mashina olish niyatim bor”, — deydi instabloger.

Xonanda Munisa Rizayeva poytaxtdagi restoranlardan birida tugʻilgan kunini nishonladi. Xonandaning tugʻilgan kunida oʻzbek estradasining yorqin vakillari ishtirok etdi.

Taniqli sanʼatkor va Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Shukrulloh domla quda boʻldi. Toʻy marosimiga koʻplab sanʼatkorlar, shou-biznes vakillari tashrif buyurdi.

Bloger Maryam Tillayeva oʻzining Instagram sahifasida video va suratlar taqdim etdi. Joylashtirilgan yangi postda u xolavachchasi Islom Karimov 13 yildan buyon endi birinchi marta koʻrishayotganini maʼlum qilgan.

"Bravo" jamoasining a'zosi, boshlovchi va qiziqchi Shaxlo Zoirova turmush o'rtog'i bilan Umra ziyoratini ado etdi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling

So`nggi xabarlar

Yangiliklar