Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati
Oʻzbekiston Afgʻonistonga navbatdagi insonparvarlik yordamini joʻnatdi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati
Maʼlum qilinishicha, 22-dekabr kuni afgʻon xalqiga navbatdagi insonparvarlik yordami yuki ortilgan toʻqqizta maxsus yuk mashinasi Termiz orqali Afgʻonistonning Hayraton shahriga joʻnatilgan.
Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati
Xabarga koʻra, shu munosabat bilan Balx viloyati Hayraton shahridagi Astras kompaniyasi hududida ikki mamlakat rasmiylari ishtirokida insonparvarlik yordamini topshirish marosimi boʻlib oʻtadi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling