Ukraina harbiylari Xersonda joylashgan Antonov ko'prigiga raketa zarbalari uyushtirdi

Mazkur hujum oqibatida to'rt kishi halok bo'lgan

Foto: Meduza<br>

Foto: Meduza

Xersonda Dnepr daryosi orqali tinch aholi o‘tish joyiga raketa hujumi oqibatida kamida to‘rt kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Xerson viloyati ma'muriyati rahbarining o'rinbosari Kirill Stremousovga tayanib "Interfaks" xabar bermoqda.

"Men to'rt kishi halok bo'lgani haqida xabar topdim. Halok bo'lganlarning bir nafari ayol, qolgani uch nafari erkak. Ulardan bir nafari bugun ertalab topildi", — deydi Stsemousov.

Ma'lumotlarga ko'ra, halok bo'lganlar orasida "Tavriya" telekompaniyasining ikki nafar xodimi ham bor.

Xerson viloyati sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qilishicha, 13 kishi jabrlangan, ulardan ba’zilarining ahvoli og‘ir.

Xerson viloyati ma'muriyatining rahbari Vladimir Rogoving ma'lum qilishicha, 20-oktyabr kuni kechqurun Antonovskiy ko'prigi va Dnepr bo'ylab o'tish joylari o'qqa tutilgan. Ukraina Qurolli Kuchlari Xersonga 12 ta HIMARS raketasini uchirgan, ulardan biri ko‘prikka tushgan, qolganlari havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan urib tushirilgan. Hujum oqibatida 12 ta avtomobil yonib ketgan

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling