Foto: Pais
Ispaniyaning Jirona shahrida yirik do'l yog'ishi oqibatida bir chaqaloq halok bo'ldi. Bu haqda Pais nashri xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 30-avgust kuni mamlakatda kuchli yomg'ir aralash diametri tahminan 10 santimetr bo'lgan do'l yoqqan.
Ushbu yirik do'l oqibatida bir yarim yoshli qizaloq vafot etgan. Ma'lumotlarga qaraganda, muz parchasi qizchaning boshiga tushgan. Qizcha zudlik bilan kasalxonaga yotqizilgan. Biroq ko'rsatilgan tibbiy yordamlarga qaramay qizcha vafot etgan.
Shunindek ushbu tabiat hodisasi oqibatida 50 kishi jarohatlangan. Ma'lum qilinishicha, barcha jabrlanganlar kasalxonaga yotqizilgan. Hatto ba'zilarining jarohatlari jiddiy va ularni tikishga to'g'ri kelgan.
Bundan tashqari, yomon ob-havo infratuzilmaga jiddiy zarar yetkazgan.
Ta'kidlanishicha, bu 2002-yildan beri Kataloniya tarixidagi eng yirik do'l bo'lgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling